O‘limlar to‘xtashi uchun Putin bilan uchrashishim mumkin – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni hal qilish yo‘lida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Turkiyaning Istanbul shahrida uchrashishni istisno etmadi. Bu haqda u bugun, 14 may kuni Qatar tomon parvoz chog‘ida Air Force One bortida jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Putin meni u yerda ko‘rishni xohlaydi va bu mutlaqo mumkin. Agar men u yerda bo‘lmasam, u ham keladimi – bilmayman. Buni yaqin orada bilamiz”, degan Tramp.

Shuningdek, Tramp o‘layotgan odamlarni saqlab qolish uchun Turkiyaga tashrif buyurishini istisno etmagan.

“Lekin mening bunday uchrashuvni jonlarni saqlab qolish uchun o‘tkazishim mumkin emas degani emas. Men borsam, keyin ortga qaytaman”, deya qo‘shimcha qiladi AQSH rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina tomoniga 15 may kuni Istanbulda bevosita muzokaralarni tiklashni taklif qilgan edi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bu taklifni qabul qilganini bildirgan va Istanbulda shaxsan Putinni kutishini, o‘t ochishni to‘xtatish va barcha asirlarni almashish masalalarini muhokama qilish niyatida ekanini aytgan.

Shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya va Ukraina muzokaralar olib boradigan Istanbulga safari oldidan Kiyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara olib borishga harakat qilayotganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bu uchrashuv bo‘lishi uchun hamma narsani qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Vladimir Putin Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing