Putin, Tramp va Si Szinpin uçraşdi (video)
Olam
−
18 Noyabr 1832 2 daqiqa
Bugun, 18 noyabr kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Şençjendagi Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti mehmonlari uçun uyuştirilgan ziyofatga bordi va qöl berib körişdi. Tadbir mezboni sifatida ularni Xitoy yetakçisi Si Szinpin qabul qildi. Ertaga, 19 noyabr kuni Putin, Tramp va Si uç tomonlama muzokaralar ötkazadi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Tramp va Putin sammit bölib ötayotgan Şençjen xalqaro kommunikatsiya markaziga yetib borgan. Bu ularning ötgan yilning avgust oyida Alyaskada bölib ötgan sammitdan keyingi ilk uçraşuvi.
Oq uy ma’lumotlariga köra, Prezidentlar “özaro salom-alik qilgan”. Şundan söng, Putin, Tramp va Si APEC’ning boşqa yetakçilari bilan birgalikda suratga tuşgan.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ertangi uçraşuv haqida ma’lumo bergan.
“Joriy masalalar yuzasidan fikr almaşiladi. Bu, eng avvalo, Ukraina masalasidir. Agar vaqt bölsa, albatta, Eron böyiça ham fikr almaşiladi, bu mavzu nihoyatda dolzarb. Biroq bunday bölişi amrimahol, çunki bu köp tomonlama format. Uşbu suhbatni töliq formatda ötkaziş uçun vaqt ham, imkoniyat ham bölişi dargumon. Buni heç kim kutmayapti”, deydi Rossiya Peskov.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQŞ Prezidenti Donald Tramp Şençjen şahriga yetib borgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi