Putin va Tramp Xitoyda: Si Szinpin ularni gulga “kömyapti” (foto)
Olam
−
16:22 879 2 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xitoyning Şençjen şahrida 18-19 noyabr kunlari bölib ötayotgan Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammitiga rasmiy taşrifini boşladi. Rossiya yetakçisi XXRga keça, 17 noyabr kuni yetib borgandi. Bugun, 18 noyabr kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp ham yetib bordi.
Vladimir Putinni Baoan aeroportida Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qömitasi Siyosiy byurosi Doimiy qömitasi a’zosi Say Si hamda Xitoy Xalq-ozodlik armiyasining faxriy qorovuli va harbiy orkestri kutib olgan.



Bugun, 18 noyabr kuni Putin sammitdagi iştirokini APEC Işbilarmonlar kengaşi oldidagi nutqi bilan boşlagan. Şundan söng, u Xitoy yetakçisi Si Szinpin bilan ikki tomonlama muzokaralar ötkazgan. Muloqotlar rasmiy tarzda boşlanib, işçi nonuşta formatida davom etgan.





Keyinçalik Rossiya Prezidenti Moskva davlat universiteti va Pekin politexnika instituti qöşma universitetining yutuqlar körgazmasiga taşrif buyurgan, talabalar va aspirantlar oldida nutq sözlagan, ular bilan suhbatlaşgan hamda suratga tuşgan.


Bugun, 18 noyabr kuni tuşdan keyin Xitoyga AQŞ Prezidenti Donald Tramp ham yetib borgan. XXR Raisi uni samolyot trapi oldida şaxsan kutib olgan. Kremlning ma’lum qilişiça, Putin va Tramp bugun tantanali qabul marosimida körişadi.






Qayd etiş joiz, Rossiya va AQŞ rahbarlariga deyarli hamma joyda gullar hamrohlik qilmoqda. Sammit arafasida nafaqat şaharning özi, balki sammit ötkaziladigan lokatsiyalar ham keng kölamli gul kompozitsiyalari bilan bezatilgan. Şençjen xalqaro boğlar va gullar parkida esa iştirokçi mamlakatlarning har birining öziga xos milliy koloritini aks ettiruvçi 60 gektardan ortiq tematik zonalar taşkil etilgan.
Live
Barchasi