Putinni shaxsan o‘zim Turkiyada kutaman – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 15 may kuni Istanbulda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 11 may kuni Telegram-kanalida yozdi.

“Men Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman. Shaxsan o‘zim. Umid qilamanki, bu safar ruslar bunga sabab izlamaydi”, deydi u.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Kiyev “diplomatiya uchun kerakli asosni ta’minlash uchun” 12 maydan boshlab to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishni kutmoqda.

“Qotilliklarni cho‘zishdan foyda yo‘q”, deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy .

Ukraina Prezidenti o‘zining so‘nggi bayonotida Kiyev avvalroq talab qilganidek, Moskva kamida 30 kun davomida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini e’lon qilishi kerakmi yoki yo‘qligiga aniqlik kiritmadi.

Qayd etish joiz, 11 mayga o‘tar kechasi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga hech qanday shartlarsiz Istanbulda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokara o‘tkazishni taklif qilgandi. 

“Rossiyaning muzokaralar bo‘yicha taklifi muhokamada, qarorni Kiyev va uning kuratorlari hal qiladi”, dedi davlat rahbari.

Putinning ta’kidlashicha, “urush ketayotgan paytda” muzokaralar o‘tkazishni taklif qilishda hech qanday yomon narsa yo‘q.

Bu orada Ukraina va uning Yevropadagi ittifoqchilari bir oylik otashkesimga chaqirdi va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kiyevga to‘g‘ridan to‘g‘ri tinchlik muzokaralariga qaytishni taklif qildi va ular yangi, “haqiqiy sulh” bo‘yicha kelishib olishlari mumkinligini inkor etmadi. 

“15 may kuni Istanbulda muzokaralar tarixiy istiqbolda uzoq muddatli va mustahkam tinchlik o‘rnatish maqsadida oldindan hech qanday shartlarsiz davom ettirilishi mumkin”, dedi Putin.

Putinning yordamchisi Yuriy Ushakovning aniqlik kiritishicha, muzokaralar 2022 yilda to‘xtatilganlar va “haqiqiy vaziyat”ni hisobga olishi kerak. Rossiya Turkiyaga delegatsiya yuborishga tayyor.

Keng ko‘lamli janglar boshlanganidan so‘ng, Rossiya va Ukraina delegatsiyalari Belarus va Turkiyada bir nechta uchrashuvlar o‘tkazdi, biroq keyinchalik bu jarayon to‘xtadi. 2023 yil noyabr oyida Ukraina delegatsiyasi rahbari Devid Araxamiya muzokaralardan chiqish va Rossiya shartlarini rad etish (betaraflik evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatish va NATOga kirishdan bosh tortish) Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Boris Jonsonning maslahati bilan qabul qilinganini aytdi. Jonsonning o‘zi bunday bayonotlarni yolg‘on deb atadi. Keyinroq Putinning aytishicha, Ukraina tomoni Rossiya qo‘shinlari Kiyev va Chernigov viloyatlaridan olib chiqib ketilganidan keyin erishilgan barcha kelishuvlarni “tashlab qo‘ygan”.

AQSH Prezidenti Donald Tramp, o‘z navbatida, Ukraina uchun “potensial ajoyib kun” va yaqinlashib kelayotgan “katta hafta” haqida yozdi. Respublikachi aynan nimani nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmadi – Kiyevning o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifi yoki Moskvaning muzokaralar o‘tkazish g‘oyasi, ammo Vashington har ikki tomon bilan ishlashda davom etishiga va’da berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing