O‘lim vodiysida Yerdagi jazirama rekordi o‘rnatildi

Bu qiziq

image

O‘tgan yakshanbada AQSHning Kaliforniya shtatidagi O‘lim vodiysi milliy bog‘ida kuzatuvlar boshlanganidan beri sayyoramizdagi eng yuqori harorat – selsiy bo‘yicha +54,4 daraja qayd etildi. Bu haqda VVS xabar berdi.

Aynan rekord o‘rnatilgan nuqta ham jarangdor nomga ega – Alanga qozoni.

Avvalgi harorat rekordi ham aynan shu yerda 2013 yilda o‘rnatilgan. O‘shanda selsiy bo‘yicha +54 daraja o‘rnatilgandi.

AQSHning g‘arbiy sohillarida jazirama yana bir hafta davom etishi va hatto issiq kuchayishi kutilyapti.

Shanba va yakshanba kunlari Kaliforniyada favqulodda issiq sabab elektr stansiyada avariya yuz berdi va ta’minotda uzilish kuzatildi.

1913 yil yozi ham favqulodda issiq bo‘lgan deb hisoblanadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘shanda O‘lim vodiysida 56,6 daraja issiq bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Ammo olimlar yuz yil avvalgi ob-havoning aniqligiga shubha bilan qaraydi.

 

Maqola muallifi

Teglar

jazirama O'lim vodiysi

Baholaganlar

533

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing