O‘ldirilgan yoki asirga olingan yahudiylarning qarindoshlari Netanyaxuning ketishini talab qilyapti

Olam

image

7 oktyabrdagi HAMAS harakatining Isroilga uyushtirgan hujumida yaqinlarini yo‘qotgan yoki qarindoshlari HAMAS tomonidan garovga olingan bir guruh oilalar Knesset (parlament) oldida yig‘ilib, Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning joyini bo‘shatishini talab qilyapti. Bu haqida "Jerusalem Post" xabar berdi.

Nashrning yozishicha, yahudiy oilalari 16 kundan beri har kuni Knesset oldida yig‘ilib, hukumatning o‘z xalqini himoya qilolmagani hamda o‘z manfaatlari uchun ularning hayotini xavf ostiga qo‘yayotganidan noroziliklarini ifoda etishmoqda .

Ayrim manbalarning yozishicha, ertaga 25 noyabr kuni ham hukumatdan norozi guruhlar Quddusda Netanyaxuning iste’fosini talab qilib, namoyish o‘tkazishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, avval ham Quddusdagi Isroil Knesseti (parlamenti) binosi yonida 1,4 mingga yaqin kishi Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning iste’fosini talab qilib, norozilik namoyishi o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

namoyish Isroil Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing