Ular qandaydir namoyishlar uyushtirishga urinmoqda – To‘qayev qozoq va o‘zbek boylarini taqqosladi

Olam

image

Qozog‘istonda yirik boylik orttirgan shaxslar bugungi kunda mamlakatning ziyoniga ishlashga harakat va xarajat qilyapti. Bu haqda mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “Xabar 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida Qozog‘iston rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev qozog‘istonlik oligarxlar haqidagi fikrlarini bildirgan.

“Mazkur rezolyutsiya (Yevropa parlamenti) lobbichilar tomonidan aytib turilgan. Lobbichilar bir paytlar mamlakatimizda katta pul ishlab keyin Qozog‘istonni tark etganlarning buyrug‘i bilan ishlaydi. Hozir esa ular qandaydir namoyishlar uyushtirishga, odamlar bilan “o‘yin qilishga“, “qanchalik yomon bo‘lsa, shuncha yaxshi” degan tamoyil asosida ish olib borishga erishmoqda“, deydi Qozoq yetakchisi.

Prezident To‘qayev eksklyuziv intervyusida o‘zbek va qozoq oligarxlarini solishtirgan.

“Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistondan tashqarida ko‘p pul ishlab topgan o‘zbekistonlik boylar o‘z tarixiy vatanlariga kelib, O‘zbekiston Prezidentidan o‘zbek xalqi uchun nima qilishlari mumkinligi haqida ko‘rsatmalar berishini so‘ramoqda. “O‘zbek xalqi uchun nima qilishimiz mumkin, qanday yordam berolamiz?“. Va o‘z pullariga shifoxonalar qurishmoqda, infrastruktura barpo etishmoqda. Mana shunda shartli o‘zbek oligarxlari va bizning oligarxlarning farqi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biznikilar Qozog‘istonda turib, ayniqsa, chet eldan o‘z mamlakatiga “hujum qilishmoqda”, deydi To‘qayev.

Ma’lumot uchun, To‘qayev davlat telekanaliga bergan intervyusida tartibsizliklar vaqtida Olma-ota aeroporti nega egallanganini ham aytgan. Shuningdek, u Birinchi Prezident Nursulton Nazarboyev bilan vakolatlar uchun savdolashgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

514

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing