Ukrainaning yangi bosh qo‘mondoni armiya hujumdan mudofaaga o‘tganini e’lon qildi
Olam
−
14 fevral
8262Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy mamlakat armiyasi hujum harakatlaridan mudofaa operatsiyasiga o‘tganini ma’lum qildi. Bu haqda u Germaniyaning ZDF telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
“Bizning amaliyotimizdan maqsad – istehkomlarimizdan, texnik jihatdan, uchuvchisiz samolyotlar, elektron urush va mudofaa chizig‘ini tayyorlab turish borasidagi afzalliklarimizdan foydalanib, dushmanni butunlay yo‘q qilish, unga maksimal talafot yetkazish”, deydi Sirskiy.
U askar hayotini asosiy qadriyat deb atagan. Sirskiyning so‘zlariga ko‘ra, u barcha shaxsiy tarkibini qurbon qilishdan ko‘ra, biron bir pozitsiyadan chekinishga tayyor.
Bosh qo‘mondonning aytishicha, dronlarning ommaviy qo‘llanilishi tufayli janglar yangi bosqichga o‘tgan.
"Biz allaqachon yer usti robot platformalari, masofadan boshqariladigan modullarni ko‘rmoqdamiz va bu biz uchun yangilik emas. Bu harbiy xizmatchilarning hayotini saqlab qolish imkonini beradi", deydi Aleksandr Sirskiy.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 fevral kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni ishdan bo‘shatdi va keyinchalik butun mamlakat harbiy qo‘mondonligini almashtirdi. Aleksandr Sirskiy yangi bosh qo‘mondon bo‘ldi.