Ukrainaning Qrimni yo‘qotishi aniq edi – siyosatshunos 

Olam

image

Ukrainaning Qrimni yo‘qotishi muqarrar edi. Ukrainalik siyosatshunos Aleksey Golobutskiy shunday bayonot bilan chiqdi

Golobutskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada aholining turli guruhlari mamlakat kelajagini turlicha ko‘rishadi, shu sababli u yagona davlat sifatida mavjud bo‘lolmaydi. 

"Agar biz 30 yil oldin bo‘linib ketganimizda, hamma normal yashagan bo‘lar edi. Biz Yevropaning, ular esa (Sharqiy Ukraina aholisi) Rossiyaning bir qismi bo‘lar edi", degan u. 

Shu bilan birga, Golobutskiy Ukraina Qrim uchun hech narsa qilmaganini ta’kidlagan. 

"Qrim hech qachon Ukrainaniki bo‘lmagan, chunki Ukraina Hukumati buning uchun hech narsa qilmagan. Agar Qrimda G‘arbiy Ukraina aholisi va Qrim tatarlari yashagan bo‘lganda, yarimorolni yo‘qotishning oldini olish mumkin edi", degan Golobutskiy. 

Ma’lumot o‘rnida, Qrim 2014 yilda Ukrainada boshlangan "Maydon" voqealari vaqtida Rossiya tomonidan egallangan. G‘arb davlatlari RFning bu harakatini suveren davlat hududini anneksiya qilish deb baholab, unga qarshi sanksiyalar joriy qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Qrim

Baholaganlar

241

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing