Ukrainaning Qrim ko‘prigiga hujumi aks etgan video e’lon qilindi (video)

Olam

image

Ukraina xavfsizlik xizmati Amerikaning CNN telekanaliga Qrim ko‘prigi portlatilishi aks etgan kadrlarni taqdim etdi. Kecha, 15 avgust kuni telekanal videoni e’lon qildi.

Aytilishicha, mazkur kadrlar joriy yilning 17 iyul kuni Ukraina dengiz dronidan, shuningdek, ko‘prik ustidagi videokameralarning biridan olingan. Videodan ko‘rinib turibdiki, ko‘prik ikki suv usti droni tomonidan portlatilgan. Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX)ning ma’lum qilishicha, dronlar ko‘prikning beton tayanchlariga 850 kilogramga yaqin portlovchi moddani yetkazgan, ulardan biri yo‘lga, ikkinchisi temir yo‘l o‘tgan ko‘prikning qarama-qarshi tomonidan suzib ketgan.

UXX rahbari Vasiliy Malyukning telekanalga aytishicha, Ukraina dengiz dronlari yordamida “Olenegorskiy gornyak” yirik desant kemasi va “Sig” neft tankeriga zarba bergan. Shuningdek, telekanal dronning desant kemasi tomon suzayotgani aks etgan tasvirlarni ham e’lon qilgan.

“Biz bir qator yangi qiziqarli operatsiyalar ustida ishlayapmiz, jumladan, Qora dengizda. Sizga va’da beraman, bu, ayniqsa, dushmanlarimiz uchun qiziqarli bo‘ladi”, degan Malyuk. 

Uning ta’kidlashicha, G‘arb razvedka xizmatlari UXXga dengiz operatsiyalarini amalga oshirishda yordam bermayapti. Uning so‘zlariga ko‘ra, dronlar Ukrainadagi yer osti zavodida yig‘ilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 iyul kuni Qrim ko‘prigi suv usti dronlari tomonidan hujumga uchragan, oqibatda Belgorod viloyatidan er-xotin halok bo‘lgan, ularning qizi jarohat olgandi. 4 avgust “Olenegorskiy gornyak” yirik desant kemasi Novorossiyskdagi dengiz bazasida hujumga uchradi. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi kema yetkazgan zararning mohiyatini izohlamadi. 5 avgust kuni esa Kerch bo‘g‘ozida Rossiyaning “Sig” neft tankeriga dron hujum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qrim ko'prigi hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing