Ukrainaning BMTdagi vakili sovet askarlarini fashistlar bilan tenglashtirdi

Olam

image

Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Sergey Kislitsa BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida so‘zga chiqib, SSSR va fashistlar Germaniyasi askarlarining harakatlarini bir darajaga qo‘ydi.

Ukraina vakili g‘arbdan natsistlar askarlari va sharqdan Sovet askarlari Polsha (hozirgi G‘arbiy Ukraina) bo‘ylab, so‘ngra Boltiqbo‘yi davlatlariga bostirib kirganlarida polyaklar va ukrainaliklar birinchi qurbonlar bo‘lganlgini aytdi.

“Sovetlar ishg‘oldan keyin minglab ukrainaliklarni o‘ldirdilar, so‘ngra 1941 yilda orqaga chekinishlarida yana ham ko‘p qirg‘in qildilar, fashistlar qo‘shinlari rivojlanib borgan sari shaharlarda muhim infratuzilmalarni yo‘q qildilar va yoqdilar”, deydi diplomat.

Kislitsaning so‘zlariga ko‘ra, 1944 yilda holat aksincha o‘zgargan – Sovet Ittifoqi qo‘shinlari o‘q uzgan, orqaga chekinayotgan fashistlar qolgan barcha narsalarga o‘t qo‘ygan.

Aksariyat mamlakatlar Sovet Ittifoqining fashizm ustidan g‘alabaga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi. Xususan, Isroil vakili faqatgina ruslar bu urushda 20 milliondan ortiq odam yo‘qotganini, Isroil xalqi rus xalqining fidokorligini hech qachon unutmasligini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Belarus vakili bugungi kunda tarixni manipulyatsiya qilish va buzish, natsizmni ulug‘lash urushi mavjudligini aytdi. Unga ko‘ra, fashistlarga qarshi kurashgan qahramonlar xotirasiga qarshi urush olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATOning strategik hisobotida “tajovuzkor Rossiya” qaytgani e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

SSSR Sergey Kislitsa

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing