Ukrainani bo‘lishni taklif qilganim yo‘q – Kellogg
Olam
−
12 aprel
3914AQSH Prezidentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg Britaniyaning “The Times” gazetasi uning so‘zlarini buzib ko‘rsatganini va u Ukraina hududining bo‘linishini nazarda tutmaganini aytdi. Bu haqda Kellogg X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
“Times” maqolasi mening aytganlarimni buzib ko‘rsatdi. Men Ukraina suverenitetini qo‘llab-quvvatlagan holda sulhdan keyin barqarorlikni ta’minlovchi kuchlar haqida gapirdim. Men bo‘linish haqida gapirganda, ittifoqchi kuchlarning javobgarlik sohalarini nazarda tutgan edim (Amerika qo‘shinlari bundan mustasno). Men Ukrainani bo‘lmoqchi emas edim”, deb yozadi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The Times”, Kelloggning fikricha, Ukraina urushdan keyingi Berlin misolida Yevropa davlatlari va Rossiya o‘rtasida nazorat zonalariga bo‘linishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Kelloggning aytishicha, Britaniya va Fransiya qo‘shinlari yangi janglarning oldini olish uchun “to‘xtatuvchi kuch” sifatida g‘arbiy Ukrainani egallab olishi mumkin, Rossiya armiyasi esa Ukraina sharqini nazorat qiladi. AQSH Prezidenti Donald Trampning maxsus vakiliga ko‘ra, Ukraina kuchlari Yevropa va Rossiya qo‘shinlari o‘rtasida joylashishi mumkin. Kellogg, shuningdek, hozirgi front chizig‘i bo‘ylab 30 kilometrlik qurolsizlantirilgan hudud yaratish mumkinligini ham taklif qildi.
LiveBarchasi