Ukrainaga “zambarakning o‘qi”. AQSH Isroilga 14 mlrd dollar beradi

Olam

image

AQSH Kongressi Vakillar palatasi respublikachilarning Isroilga 14,3 milliard dollarlik yordam ko‘rsatish rejasini ma’qulladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Mazkur qonun loyihasini quyi palataning 226 nafar a’zosi yoqlab, 196 nafari qarshi ovoz bergan. Loyihada Ukrainaga yordam ko‘rsatilmagan.

Vakillar palatasi tomonidan tasdiqlangan yordam rejasi Isroil armiyasini qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi, jumladan, Isroilning “Temir gumbaz” va boshqa havo mudofaa tizimlarini sotib olish uchun 4 milliard dollar va "Temir nur" tizimini rivojlantirish uchun 1,2 milliard dollar.

AQSH Prezidenti Jo Bayden avvalroq qonunda Ukraina bo‘yicha xarajatlar bandi bo‘lmasa, veto qo‘yishini aytgan edi.

Shuningdek, AQSH yetakchisi Kongressdan Ukraina, Isroil, Tayvanga yordamni moliyalashtirish uchun 106 milliard dollar ajratishni, shuningdek, Meksika bilan chegarada himoya devori qurilishi uchun pul ajratishni so‘ragan edi. Ushbu mablag‘larning katta qismi – 61,4 milliard dollar Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Amerika ma’muriyati 1 oktyabrda boshlangan yangi moliya yilida xavfsizlik uchun mamlakat byudjetidan deyarli 105 milliard AQSH dollaridan ortiq mablag‘ ajratmoqchi. Ushbu summaning yarmidan ko‘pi Ukraina va unga tegishli Amerika dasturlari uchun sarflanishi rejalashtirilgan. 

Shuningdek, “Politico” nashri Ukraina rasmiylari Rossiya yaqin kelajakda jang maydonida hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmasligi uchun Qo‘shma Shtatlardan ko‘proq qurol yetkazib berishni “yolvorayotganini” yozgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing