Ukrainaga yordam berish NATOni urush ishtirokchisiga aylantirmaydi – Stoltenberg
Olam
−
24 may 2023
3591Ukrainaning hududiy yaxlitligini himoya qilish masalasida uni qo‘llab-quvvatlash NATOni mojaro ishtirokchisiga aylantirmaydi. Bu haqda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg AQSH va bir qator G‘arb davlatlarining F-16 qiruvchi samolyotlarini Ukraina Qurolli kuchlari ixtiyoriga o‘tkazish haqidagi qarorini izohlar ekan, aytib o‘tdi.
“Menimcha, bu yaxshi fikr. Men NATOning qator davlatlari, jumladan Germaniyaning Ukraina uchuvchilarini tayyorlashni boshlash haqidagi qarorini olqishlayman”, degan Stoltenberg Bryusseldagi NATO Mudofaa vazirlarining yig‘ilishidan oldin.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina o‘zini himoya qilish huquqiga ega, bu har bir davlat uchun BMT Nizomida mustahkamlangan.
“Biz Kiyevga bu huquqni amalga oshirishga yordam beramiz. Biz tajovuzga qarshi BMT va xalqaro huquq talablarini himoya qilish uchun Ukrainaga yordam berishga haqlimiz. Bu NATO va ittifoqchilarni mojaro ishtirokchisiga aylantirmaydi”, deb hisoblaydi Bosh kotib.
Biroq Stoltenberg Ukrainaga qiruvchi samolyotlarni yetkazib berish va ukrainalik uchuvchilarni F-16 samolyotlarida o‘qitishning boshlanish sanasiga aniqlik kiritmagan. Daniya Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Troels Lund Poulsen esa uchuvchilar iyul oyidan o‘qitila boshlashini aytgan.
LiveBarchasi