Ukrainadan g‘allani olib chiqish qayerdan boshlanishi aytildi

Olam

image

Ukraina g‘allasini eksport qilishni tiklash Chernomorsk portidan boshlanadi. Bu haqda Ukraina Infratuzilma vaziri o‘rinbosari Yuriy Vaskov ma’lum qildi. 

“Kelgusi 24 soat ichida biz portlarimizdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishni qayta tiklash ustida ishlashga tayyormiz. Gap "Chernomorsk" porti haqida bormoqda. Keyin Odessa, keyin Yujniy porti bo‘ladi”, deydi u. 

Vaskovning ta’kidlashicha, Ukraina ikki hafta ichida barcha uchta portdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishga texnik jihatdan tayyor bo‘ladi. 

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, bugun karvonlarni shakllantirish uchun kemalar keladigan joylarni belgilovchi hujjat tasdiqlanadi.  

"Umid qilamizki, birinchi jo‘natma shu hafta ichida amalga oshiriladi", deya qo‘shimcha qildi Vaskov. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Milliy Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolandi. Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek, Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Don yo'lagi

Baholaganlar

52

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing