Erdo‘g‘an Putin bilan avgustda uchrashishdan umidini uzdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an imkon tug‘ilsa, sentyabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Qora dengiz don tashabbusini qayta tiklash masalasini shaxsan muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turkiya yetakchisi Budapesht safarida unga hamrohlik qilgan jurnalistlar savollariga javob berar ekan aytib o‘tdi. 

“Sentyabr oyida Hindistonda G-20 yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Qo‘shma Shtatlarda BMT Bosh Assambleyasining yig‘ilishi rejalashtirilgan. Agar taqvim tig‘izligi tufayli bunday imkoniyat yuzaga kelsa, janob Putin bilan muhokama [don bitimini] muhokama qilamiz”, deydi Erdo‘g‘an. 

Turkiya rahbari “don kelishuvi” tugaganidan keyin Ukraina portini tark etgan va Istanbul bo‘g‘ozini kesib o‘tgan birinchi kema mavzusiga to‘xtaldi. 

“Ukraina, Odessani tark etgan bu kema don tashuvchi emas, u konteyner. Milliy mudofaa vazirligimiz ham tegishli bayonot bilan chiqdi. Bu yerdagi asosiy maqsadimiz janob Putin bilan telefon suhbatlari orqali g‘alla yo‘lagi bo‘yicha Rossiyaning ijobiy pozitsiyasiga erishishdir”, deydi Prezident. 

Davlat rahbari Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidanning yaqin orada Rossiyaga tashrifi haqida ham ma’lum qildi.  

“Ushbu masalani yuzma-yuz muhokama qilish muhim. Shu tarzda ancha aniqroq natijaga erishish mumkin bo‘ladi”, deydi u. 

Prezident Anqara Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik muzokaralariga erishish uchun harakat qilayotganini ta’kidladi. 

“Biz bunga intilyapmiz, bu bizning xohishimiz, biz [Ukraina Prezidenti Vladimir] Zelenskiyning [Turkiyaga] tashrifi, u bilan muzokaralar, shuningdek, NATO yetakchilari sammiti doirasidagi uchrashuvlar chog‘ida bu masalalarni batafsil muhokama qildik. Umid qilamanki, agar ikkala yetakchi ham vositachiligimizni ma’qullasa, natijaga erishamiz”, deya qo‘shimcha qildi Turkiya rahbari tomonlar o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarida Turkiyaning vositachilik rolini izohlar ekan. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya tomoni 18 iyuldan boshlab don yo‘lagi kelishuvi to‘xtatilishini ma’lum qilgandi. Bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Moskvaning bu qarorini qoraladi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga don yo‘lagi kelishuvini yoki unga o‘xshash loyihani uch tomonlama shaklda davom ettirish taklifi bilan rasmiy maktub yubordi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an Don yo'lagi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing