Ukrainadan g‘allani olib chiqish bo‘yicha quvonarli kelishuvga erishildi

Olam

image

Turkiya Mudofaa vaziri Hulusi Akar bugun, 18 iyul kuni Qora dengiz orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish uchun “Don yo‘lagi” deb ataladigan koridor yaratish bo‘yicha prinsipial kelishuvlarga erishilganini ma’lum qildi. 

“G‘alla va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishni nazarda tutuvchi reja bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishildi. Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va BMT vakillarining tegishli hujjat sifatida rasmiylashtirilishi mumkin bo‘lgan uchrashuvi shu hafta bo‘lib o‘tishi mumkin”, deya vazirning so‘zlaridan iqtibos keltirgan NTV telekanali. 

Akarning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilishda muvofiqlashtiruvchi markaz tashkil etish, fuqarolik kemalarining portlardan chiqish va ularning kelish nuqtalarida mushtarak nazorat o‘rnatish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashish yo‘nalishlarini ta’minlash masalalari muhokama qilinadi. 

“Turkiya g‘alla yo‘lagi yaratish tashabbusini amalga oshirish va uni rasmiy hujjat sifatida rasmiylashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirmoqda”, deydi vazir. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 iyul kuni Istanbulda “Don yo‘lagi” yaratish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi, unda Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Ukraina harbiy delegatsiyalari hamda BMT vakillari ishtirok etdi. Jahon Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu guterrish yig‘ilishdan so‘ng Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlarini Qora dengiz orqali xavfsiz va ishonchli eksportini ta’minlash yo‘lida muhim qadam tashlanganini aytdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Don yo'lagi

Baholaganlar

188

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing