Ukrainadagi urush bolalarning ochlikdan o‘lishi ortishiga olib kelmoqda – UNICEF

Olam

image

UNICEF xalqaro tashkilotining kecha, 17 may kuni e’lon qilingan hisobotida Ukrainadagi urush davom etayotgan koronavirus pandemiyasi bilan bir qatorda olti oy ichida bolalar uchun tibbiy ovqatlanish narxlarining 16 foizga oshishi va natijada bolalar o‘limining ortishiga olib kelgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda DW xabar berdi.

Maxsus terapevtik oziqlantirish (RUTF) tashkilot tomonidan o‘tkir to‘yib ovqatlanmaydigan bolalarni davolash uchun qo‘llaniladi. Tashkilot bunday davolanishning umumiy narxini har bir bola uchun 100 dollar deb hisoblaydi. UNICEF hisobotida aytilishicha, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi xomashyo, qadoqlash, tashish va buning natijasida umuman davolanish narxining oshishiga olib keldi.

Pandemiya, urush va iqlim o‘zgarishi ta’siri tufayli dunyodagi 600 000 ga yaqin bola yeryong‘oq, sariyog‘, shakar va qo‘shimcha oziq moddalardan tayyorlangan yuqori kaloriyali taomdan mahrum bo‘lishi mumkin.

UNICEF ijrochi direktori Ketrin Rassel vaziyatni quyidagicha ta’rifladi: 

“Jahon oziq-ovqat bozorlari sharoitida narxning 16 foizga oshishi maqbul bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo bu yetkazib berish zanjirining oxirida to‘yib ovqatlanmaydigan bola turibdi, ular uchun tariflar mutlaqo nomaqbuldir”.

Shuningdek, hisobotda tashkilotga 300 million dollar miqdorida qo‘shimcha mablag‘ kerakligi ham belgilandi.

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ukrainadagi urush

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing