Peskovning o‘g‘li Ukrainadagi urushda qatnashgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Rossiya Prezidenti mabuot kotibi Dmitriy Peskovning o‘g‘li Ukrainadagi urushda qatnashgan. Bu haqda Peskovning o‘zi ma’lum qildi

Qayd etilishicha, matbuot kotibining o‘g‘li “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi tarkibida Ukrainadagi urushda 6 oy xizmat qilgan. Bu haqda u shunday deydi: 

“U o‘z vaqtida qurolli kuchlarda xizmat qilgan. Ha, haqiqatdan ham u “maxsus operatsiya”da ishtirok etdi. Boshqa hech narsa aytishni istamayman. Buning mening ishimga hech qanday aloqasi yo‘q”.

Dmitriy Peskovning o‘g‘li urushda qatnashgani haqida shu yilning 21 aprel kuni “Vagner” kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin ma’lum qilgan. U Dmitriy Peskovning o‘g‘li Nikolay Peskov soxta ism va hujjatlar bilan Luganskda, “maxsus operatsiya”da oddiy o‘qchi bo‘lib xizmat qilganini ta’kidlagan. 

Shundan so‘ng Nikolay Peskovning o‘zi ham “Komsomolskaya pravda” gazetasiga intervyu bergan. 

“Men buni o‘z burchim deb bildim... Bir chetda o‘tirib, do‘stlarim va boshqalarning u yerga borishini kuzata olmadim. U yerga borganimda familiyamni o‘zgartirishga majbur bo‘ldim. Mening kimligimni hech kim bilmasdi”, deydi u. 

O‘zining aytishicha, u Ukrainada qariyb olti oy xizmat qilgan va “Jasorati uchun” medalini ham olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Peskov Ukrainadagi urush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing