Zelenskiyning Varshavaga tashrifidan maxfiy maqsadi oshkor qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Polsha poytaxti Varshavaga Moskva bilan muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rish uchun borgani aytilmoqda. Bu haqda Polsha quruqlikdagi qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni, mamlakat mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari, general Valdemar Skshipchakka tayanib, “Rzeczpospolita” nashri xabar berdi.

U Ukraina mojarosi hozirda strategik boshi berk ko‘chaga kirganini ta’kidlab, hamma narsa harbiy harakatlarni siyosiy yo‘llar bilan tugatish zarur bo‘ladigan payt yaqinlashayotganidan dalolat berishini qo‘shimcha qildi. Demak, generalning fikricha, yaqin kelajakda to‘qnashuv tomonlari o‘rtasida murosa topishga urinishlarni kutish mumkin.

Uning ta’kidlashicha, Ukraina rahbarining Polshaga kelish niyati yashirin emas.

“Menimcha, bu shunday safarlarning birinchisi. Zelenskiy atrofida siyosiy qo‘llab-quvvatlash muhitini yaratishni boshlash kerak. Unga harbiy yordam bor, biroq hozir mojaroning oxiri yaqinlashayotgani uchun, nazarimda, unga siyosiy yordam kerak”, deydi Skshipchak.

Bundan tashqari, uning ta’kidlashicha, G‘arb davlatlarining Ukraina inqirozidan to‘planib borayotgan charchoqlari ham mojaroni hal qilishga hissa qo‘shishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy rasmiy tashrif bilan Polshaga bordi. Unga rafiqasi Yelena Zelenskaya hamrohlik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha Vladimir Zelenskiy Ukrainadagi urush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made