Ukrainada turkiy “Turon” bataloni tuzildi

Olam

image

Ukrainada turkiy xalqlar vakillaridan iborat birinchi batalon tashkil etildi. Unga Qirg‘iziston fuqarosi Almaz Kudabek qo‘mondonlik qilmoqda. Bu haqda ukraina matbuot xabar bermoqda.

Yangi batalon qo‘mondoni Kudabek 24 fevraldan beri Putin armiyasiga qarshi jang qilmoqda. Aynan unga yangi “Turon” bataloniga rahbarlik qilish ishonib topshirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa Almaz Kudabekning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga yo‘llagan murojaati videosi tarqaldi. Murojaatida u Rossiya Federatsiyasi rahbari Ukrainada “maxsus operatsiya” niqobi ostida mamlakatning turkiyzabon aholisiga nisbatan haqiqiy genotsid uyushtirayotganini aytgan.

Qudabek Checheniston rahbaridan Ukrainadagi jinoyatlarini yashirish uchun muqaddas Islom dini ortiga yashirinmaslikni talab qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida Rossiyaning Perm shahridagi o‘zbek diasporasi rahbari vatandoshlarini rasmiy Moskvaga yordam berish uchun Ukrainadagi urushga da’vat qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi

Baholaganlar

1718

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing