Ukrainada to‘g‘on portlatildi. Aybdor kim? (video)

Olam

image

Bugun, 6 iyun kuni Ukrainaning Xerson viloyatidagi Kaxovka GESi to‘g‘oni portlatib yuborildi. Kiyev va Moskva bir-birini to‘g‘onni portlatganlikda va Ukraina janubida keng ko‘lamli suv toshqiniga sabab bo‘lganlikda aybladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Ukraina Qurolli kuchlarining janubiy qo‘mondonligining ma’lum qilishicha, Rossiya kuchlari bosib olingan Xerson viloyatida sovet davridan qolgan Kaxovka to‘g‘onini portlatib yuborgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi tasdiqlanmagan videolarda to‘g‘on atrofida kuchli portlashlar sodir bo‘lgani va suv oqib chiqayotgani aks etgan. Balandligi 30 metr va uzunligi 3,2 km bo‘lgan to‘g‘on 1956 yilda Dnepr daryosida qurilgan. U 2014 yilda Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim va Rossiya nazorati ostidagi Zaporoje atom stansiyasini ham suv bilan ta’minlaydi.

“Vayronagarchilik ko‘lami, suvning tezligi va hajmi hamda suv bosish ehtimoli aniqlanmoqda”,  deyiladi Ukraina tarafining bayonotida.

Rossiya axborot agentliklari esa to‘g‘on o‘qqa tutilishi oqibatida vayron bo‘lganini xabar qilgan. Rossiya nazoratidagi Kaxovka shahri meri Ukrainani terrorchilik aktida ayblagan. Rossiya tomonidan tayinlangan Xerson viloyati rahbari esa to‘g‘on yaqinida evakuatsiya boshlangani va suv besh soat ichida juda muhim darajaga yetishini ma’lum qilgan.

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilov Prezident Vladimir Zelenskiy mamlakat janubidagi Kaxovka to‘g‘oni portlashi yuzasidan favqulodda yig‘ilish o‘tkazishini yozgan.  

Garchi Zelenskiy o‘zining kechagi nutqida jumboqli ko‘rinib, Ukrainaning Baxmutda oldinga siljishini olqishlagan bo‘lsada, Ukraina rasmiylari hech qanday keng va muhim yangi kampaniya haqida so‘z ochmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina to'g'on Kaxovka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing