Ukrainada bir oy ichida davlatga xiyonat bo‘yicha 20 dan ortiq ish ochildi

Olam

image

Bir oy ichida Ukraina Davlat tergov byurosi davlatga xiyonat qilish bo‘yicha 24 ta jinoiy ish ochdi. Bu haqda byuro o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, 2022 yil fevralida mamlakatda urush boshlanganidan beri ushbu modda bo‘yicha ochilgan ishlarning umumiy soni 1460 taga yetgan.

"Davlat Tergov byurosi mamlakat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bo‘yicha 1887 ta jinoiy ish bo‘yicha tergov olib bormoqda. Ularning 1460 tasi davlatga xiyonat bilan bog‘liq jinoiy ishdir", deyiladi Davlat tergov byurosi xabarida.

Aniqlik kiritilishicha, xiyonatga sheriklikda ayblanib yana 336 ta jinoiy ish ochilgan. Shuningdek, 1107 kishi “davlatga xiyonat va unga sheriklik faoliyatiga aloqadorlik” uchun tekshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, oktyabr oyi boshida Davlat tergov byurosi davlatga xiyonat moddasi bo‘yicha 1436 ta ish tergov qilinayotganini e’lon qilgan edi. Byuro har oyda mamlakat milliy xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bo‘yicha o‘nlab jinoiy ish ochadi. Eng ko‘p ayblovlar Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xerson viloyatlari aholisiga tegishli.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina davlatga xiyonat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing