“Ukraina Yevropani har qachongidan ham ko‘proq jipslashtirdi” – Zelenskiy 

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Londonda o‘tkazilayotgan Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha ikki kunlik konferensiyada Ukraina G‘arbni, jumladan, Yevropa Ittifoqini har qachongidan ko‘ra ko‘proq jipslashtirganini aytdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi

Qayd etilishicha, Ukraina rahbari mazkur konferensiyada videoaloqa shaklida ishtirok etib, mingdan ortiq biznes vakillari hamda Tashqi ishlar vazirlariga murojaat qilgan. Zelenskiy Ukraina G‘arb uchun  o‘nlab yillar davomida yashil dunyo rivojlanishi va xavfsizligiga vosita bo‘la olishini ta’kidlagan. 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainani saqlab qolish uchun kurash dunyo bo‘ylab ozodlik va xavfsizlikni ta’minlashning bir yo‘li sanaladi. Shuningdek, u tinch va Rossiya aralashuvidan holi bo‘lgan Ukraina o‘nlab yillar davomida Yevropadagi iqtisodiy, sanoat va texnologik o‘sishning eng yirik manbasi bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. 

O‘z navbatida, Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishiga ishonchi komil ekanini aytib, mamlakat buning uchun talab etiladigan demokratiya, sud-huquq islohotlari, ommaviy axborot vositalari erkinligi va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha majburiyatlarini bajarayotgani haqidagi ijobiy hisobotni taqdim etgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga zudlik bilan qo‘shilishiga qarshi chiqqandi. Shuningdek, Italiyada mamlakatning Ittifoqqa qo‘shilishi masalasi muhokama qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ukraina Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing