Ukraina YeIdan favqulodda yordamning birinchi qismini oldi

Olam

image

Ukraina Yevropa Ittifoqidan 500 million yevrolik makromoliyaviy yordamning birinchi transhini oldi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Denis Shmigal o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 1 milliard yevro miqdorida favqulodda makromoliyaviy yordam yubordi. 500 million yevro miqdoridagi birinchi transh allaqachon Ukraina Milliy Banki hisobiga tushdi. Ikkinchi transh ertaga kelishini kutyapmiz”, deya yozgan Shmigal.

Ukraina Moliya vazirligi bu pul davlat byudjetining birinchi ehtiyojlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilishini va mamlakatda moliyaviy barqarorlikni saqlashga yordam berishini ta’kidladi.

13 iyul kuni Britaniyaning “The Financial Times” gazetasi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning iqtisodiy maslahatchisi Oleg Ustenkoga tayanib, Kiyevga byudjet taqchilligini qoplash uchun G‘arb davlatlaridan oyiga 9 milliard dollar kerakligini yozgan edi, bu avvalgi talabdan deyarli ikki baravar ko‘p. 

Bungacha Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 1 milliard yevro miqdorida yangi kredit ajratishni ma’qullagan edi.

Bundan oldinroq Denis Shmigal AQSH so‘nggi ikki hafta ichida Kiyevga 3 mlrd dollar o‘tkazganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukrainaga yordam

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing