Rossiya Ukrainaga yuborilgan qiruvchi samolyotlarni yo‘q qilishini aytdi

Olam

image

Rossiya G‘arb davlatlari tomonidan Ukrainaga yetkazib berilgan barcha qiruvchi samolyotlarni yo‘q qiladi. Bu haqda bugun, 17 mart kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. 

Peskovning tahdidi NATOga a’zo davlatlar Polsha va Slovakiyaning Kiyevga MiG-29 samolyotlarini jo‘natishga va’da berganidan keyin yangradi.

“Maxsus harbiy operatsiya” davomida ushbu texnikaning barchasi yo‘q qilinadi. Bu mamlakatlarning barchasi eski keraksiz uskunalarni yo‘q qilish bilan shug‘ullanayotganga o‘xshaydi”, deydi Dmitriy Peskov.

Ma’lumot uchun, Slovakiya o‘zining eskirgan MiG-29 samolyotlarini almashtirish uchun 2018 yilda AQSHdan F-16 qiruvchi samolyotlariga buyurtma bergan. Uning 11 ta MiG-29 floti o‘tgan yozda iste’foga chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Polsha 4-6 hafta ichida Kiyevga MiG-29 qiruvchi samolyotlarini jo‘natishini e’lon qilgan edi. Bugun, 17 mart kuni esa Slovakiya ham 13 ta MiG-29 ni yuborishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

qiruvchi samolyot MiG-29 Slovakiya Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga yordam Rossiya bosqini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing