Ukrainaga qiruvchi samolyot beradiganlar yana bittaga ko‘paydi
Olam
−
17 mart 2023
10844Bugun, 17 mart kuni Slovakiya hukumati 13 ta MiG-29 qiruvchisini Ukrainaga topshirishni ma’qulladi. Bu haqda Slovakiya Bosh vaziri Eduard Xeger o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.
“Slovakiya hukumati Ukrainaga 13 ta MiG-29 samolyotini yuborishni ma’qulladi. Va’dalar bajarilishi kerak. Zelenskiy qo‘shimcha qurollar, shu jumladan, qiruvchi samolyotlar so‘raganda, men qo‘limizdan kelganini qilamiz degandim. Boshqalar ham shunday qilayotganidan xursandman. Harbiy yordam sabab Ukraina o‘zini va butun Yevropani Rossiyadan himoya qila oladi”, deb yozgan Slovakiya Bosh vaziri.
Ma’lumot uchun, MiG-29 to‘rtinchi avlod sovet va rus ko‘p maqsadli qiruvchi samolyoti bo‘lib, u 1970 yillarda Moskvada ishlab chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi davlatlar Ukrainaga qiruvchi samolyot yubormasligini ma’lum qilgan bir paytda Polsha MiG-29 qiruvchi samolyotlarini Kiyevga yuborishini e’lon qilgan edi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar