Britaniya Saudiyaga qiruvchi samolyotlarini yuboradi
Olam
−
11:07 683 2 daqiqa
Buyuk Britaniya Yamandagi husiylar hujumidan himoyalanish uchun Saudiya Arabistoniga Typhoon qiruvchi samolyotlarini yuborishga qaror qildi. Bu haqda podshohlik Mudofaa vazirligiga tayanib, “Financial Times” xabar berdi.
Qayd etilishicha, jangovar samolyotlar Saudiya shaharlari va muhim infratuzilma ob’ektlarini Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan xusiylar olib borayotgan raketa va dron hujumlaridan himoya qilish uchun yuboriladi. Shuningdek, London saudiyalik shtab ofitserlarini qo‘llab-quvvatlash uchun britan harbiy maslahatchilarini va mamlakat ichida og‘ir texnikalarni tashishga yordam berish uchun Atlas A400M transport samolyotini yuboradi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi haftalarda xusiylar Saudiya Arabistoniga berilayotgan zarbalarni faollashtirdi. Ar-Riyodda joylashgan Podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportga qilingan keng ko‘lamli hujum oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi va 300 dan ortiq kishi jarohatlandi. Shuningdek, husiylar Dahron shahridagi Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi qarorgohiga raketalar bilan zarba berdi. Boshqa otishmalar ham qayd etildi. Britaniya Mudofaa vazirligi rahbari Ues Striting “ittifoqchimiz Saudiya Arabistoniga qilingan hujumlar mutlaqo qabul qilinib bo‘lmaydigan holat” ekanini aytgan. Podshohlik Harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari mudofaa rolini bajaradi va “xusiylarga qarshi hujumkor zarbalar bermaydi”, deb bayonot berdi hokimiyat organlari.
“Bloomberg”ning yozishicha, Buyuk Britaniyaning xusiylarga qarshi kurashga bevosita aralashuvi butun tarix davomida asosiy ittifoqchi tomonidan Ar-Riyodga ko‘rsatilgan eng kuchli qo‘llab-quvvatlash amaliyotlaridan biri bo‘ladi. Ilgari valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon AQSH Prezidenti Donald Trampga yordam so‘rab murojaat qilgan, ammo bu hozircha amerikaliklarning harbiy aralashuviga olib kelmadi, Turkiya va Pokiston bilan tuzilgan yangi mudofaa pakti esa faqat cheklangan darajada yordam berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Anqara va Islomobod Makka pakti doirasida Saudiya Arabistonida harbiy kontingentlarini joylashtirishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi20 Oktyabr