Ukrainaga qiruvchi samolyot beradigan mard topildi

Olam

image

Polsha yaqin 4-6 hafta ichida o‘zining MiG-29 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga topshirish niyatida. Bu haqda bugun, 14 mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida respublika Bosh vaziri Mateush Moravetskiy ma’lum qildi.

“Bu keyingi to‘rt-olti hafta ichida sodir bo‘lishi mumkin”, degan Bosh vazir samolyot qachon yetkazilishi haqidagi savolga javoban.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Polshada 28 ta MiG-29 qiruvchi samolyoti bor. Ular Malbork shahridagi aviabazada joylashgan. Biroq Kiyevga yetkazilishi rejalashtirilgan ushbu turdagi samolyotlar soni hali ochiqlanmagan.

Ta’kidlash joizki, joriy yilning fevral oyida Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetskiy Varshava Ukrainaga MiG-29 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishga tayyorligini, biroq NATOning boshqa davlatlari bilan koalitsiyada ekanini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, dastlab AQSH garchi ukrainalik uchuvchilarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazayotgan bo‘lsada, bu Kiyevga qiruvchi samolyot yuborilishini anglatmasligini ma’lum qilgandi. Germaniya ham Ukrainaga ajratilgan yordam paketlari qiruvchi samolyotlarni o‘z ichiga olmasligini bildirgandi. Fransiyada ham qiruvchi samolyotlar mudofa emas, balki hujum quroli bo‘lgani uchun ularni Kiyevga yuborish reja qilinmagani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

qiruvchi samolyot MiG-29 Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga yordam Rossiya bosqini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing