AQSH sentyabr oyigacha Ukrainaga 4,9 milliard dollar ajratilishini e’lon qildi

Olam

image

Joriy yilning sentyabr oyida Amerika Qo‘shma Shtatlari Jahon banki orqali Ukrainaga 4,9 milliard dollar byudjet yordami ajratadi. Ushbu maqsadlar uchun AQSH umumiy hisobda 18 milliard dollar o‘tkazishni ma’qullagan. Bu haqda Davlat departamenti ma’lum qildi.

“AQSH Jahon banki mexanizmlari orqali Ukraina hukumatiga 18 milliard dollarlik byudjet yordamini taqdim etdi. Sentyabr oyida ular qo‘shimcha 4,9 milliard dollar oladi”, deyiladi departament xabarida.

Davlat departamenti bayonotida aniqlik kiritilishicha, mamlakatni qayta qurish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar ko‘lami investitsiyalarni rag‘batlantirish uchun xususiy sektor bilan yaqin hamkorlikka bog‘liq. 

“Ukraina muvaffaqiyati yaxshi boshqaruv, qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan zarur islohotlar bilan ta’minlanishi kerak”, deyiladi rasmiy Vashington bayonotida.

Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga harbiy yordam bilan birga byudjet yordamini ham ajratadi. 2022 yilda yordamning umumiy miqdori 75,5 milliard dollarni tashkil etgan. NATO davlatlari esa Ukrainaga 65 milliard dollarlik harbiy yordam o‘tkazgan, shundan 30 milliard dollardan ortig‘i AQSHga to‘g‘ri kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NATO Ukraina Ukrainaga yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing