AQSH bizga xiyonat qilmaydi – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arb davlatlari Ukrainaga yordam berishda davom etishini aytdi. Bu fikrni u kecha, 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bildirgan.

"Ishonchim komilki, Qo‘shma Shtatlar bizga xiyonat qilmaydi va ular biz kelishgan barcha narsani to‘liq amalga oshiradi", deydi Zelenskiy AQSHdan yangi yordam paketi ajratilishi haqida.

Shuningdek, Ukraina Prezidenti YeI yaqin kelajakda Kiyevga ham mablag‘ ajratishiga ishonch bildirgan.

Uning fikricha, agar 50 milliard yevroni o‘tkazish bo‘yicha kelisha olmasa, yordamning boshqa mexanizmlari bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, AQSH Prezidenti ma’muriyati oktyabr oyida Kongressga 2024-moliya yilida (1 oktyabrdan boshlangan) qo‘shimcha byudjet mablag‘larini ajratish bo‘yicha so‘rov yuborgan. Bu birinchi navbatda, Isroil va Ukrainaga yordam ko‘rsatish, shuningdek, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida Xitoy va Rossiyaga qarshi kurashga tegishli. Umuman olganda, demokrat Prezident Jo Bayden boshchiligidagi AQSH ijroiya hokimiyati ushbu maqsadlar uchun taxminan 106 milliard dollar olishni istaydi. So‘rov va muqobil qonun loyihalarining keyingi taqdiri so‘roq ostida qolmoqda. Chunki Vakillar palatasi va Senatdagi bir qancha respublikachilar Kiyevga moliyaviy yordamni davom ettirishga ochiqchasiga qarshi chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 12 dekabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 200 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini tasdiqlagandi. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken esa AQSH Prezidenti tomonidan tasdiqlangan yangi harbiy yordam paketi, agar AQSH Kongressi Kiyev ehtiyojlari uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishga rozi bo‘lmasa, oxirgi paketlardan biri bo‘lishi mumkinligini aytdi. 13 dekabr kuni AQSH Senati mamlakatning 2024 moliya yiliga mo‘ljallangan mudofaa byudjetini 886,3 milliard dollar miqdorida ma’qulladi. Mudofaa byudjeti loyihasida Ukrainaga harbiy yordam uchun 300 million dollar ajratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Ukrainaga yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing