Ukraina Turkiya bilan Kiyevda “Bayraktar” ishlab chiqarmoqchi

Olam

image

Ukraina hukumati Ukrainada Turkiyaning “Bayraktar” uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zavod qurishga ruxsat beruvchi Turkiya bilan yuqori texnologiyalar, aviatsiya va kosmik sohalarda hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda bugun, 19 iyul kuni Vazirlar Mahkamasining Oliy Radadagi vakili Taras Melnichuk ma’lum qildi. 

“Ukraina hukumati va Turkiya Respublikasi hukumati o‘rtasida yuqori texnologiyalar, aviatsiya va kosmik sanoat sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ma’qullandi. Loyiha 03.02.2022 yilda Kiyevda tuzilgan bitimni parlament ratifikatsiyasiga taqdim etishni nazarda tutadi deb yozgan u  Hukumat majlisidan so‘ng o‘z Telegram-kanalida. 

Hukumat majlisida Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal 19 iyul kuni Vazirlar Mahkamasi Turkiya bilan kelishuvni ratifikatsiya qilish loyihasini parlamentga yuborishini ma’lum qilgan.

“Bugun hukumat Oliy Radaga Ukraina va Turkiya o‘rtasida yuqori texnologiyalar, aviatsiya va kosmik faoliyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish loyihasini yuboradi. Boshqa narsalar qatorida, bu Ukrainada ulug‘vor “Bayraktar” dronlarini ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish zavodini qurish imkonini beradi”, degan u. 

Melnichukning qayd etishicha, Bitim Ukraina va Turkiyaning ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, yuqori texnologiyalar, aviatsiya va kosmik sanoat salohiyatidan samarali foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, turk kompaniyalari uchun Ukraina investitsiya muhitini yaxshilash sohasidagi hamkorlik majburiyatlari, shartlarini belgilaydi. 

Ma’lumot  uchun, joriy yilning 3 fevral kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Kiyevga tashrif buyurdi. Uning tashrifi davomida sakkizta davlatlararo hujjat imzolandi. Yuqori texnologiyalar, aviatsiya va kosmik sanoat sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga qo‘shimcha ravishda erkin savdo to‘g‘risida, yoshlar siyosati, soliq sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar, standartlashtirish va sifat sohasida o‘zaro anglashuv memorandumlari, bojxona sohasi, shuningdek vakolatli iqtisodiy operator dasturlarini o‘zaro tan olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi hukumatlar o‘rtasidagi bayonnoma imzolandi. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning kuyovi Selchuk Bayroqdor oilasiga tegishli “Baykar Makina” kompaniyasi o‘tgan oy Ukrainaga 3 ta Bayraktar TB2 uchuvchisiz havo kemalarini sovg‘a qildi. Shuningdek, "Baykar Makina"  kompaniya bosh direktori Haluk Bayroqdor 18 iyul kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida "Baykar Makina" kompaniyasi hech qachon Rossiyaga o‘zining jangovar uchuvchisiz samolyotlarini yetkazib bermagani va bundan keyin ham Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini aytgandi


Maqola muallifi

Teglar

Bayraktar

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing