Ukrainada Bayraktar dronlarini ishlab chiqarish boshlanadi
Olam
−
23 iyun 2023
6914Turkiyaning Baykar kompaniyasi 2025 yilda Ukrainada Bayraktar TB2 va Bayraktar Akinji jangovar uchuvchisiz samolyotlarini ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Haluk Bayraktar “Yeni Akit” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Baykar’ning mahalliy sho‘’ba korxonasi “Avia Ventures” MCHJda qurilish ishlari rejaga muvofiq davom etmoqda, ochilish 2025 yilga mo‘ljallangan", deydi Haluk Bayraktar.
Shuningdek, kompaniya bosh direktori zavodda tayyorgarlik ishlarining asosiy qismi hozirdanoq olib borilayotgani, kelgusi oyda uni elektrlashtirish reja qilinganini ta’kidlagan.
Aytish joizki, Ukrainada ishlab chiqarilishi kutilayotgan Bayraktar TB2 droni 150 km qamrov maydoniga ega tezkor-taktik zarba beruvchi qurilma sanaladi. U boshqariladigan qurollarni olib yurishi va havoda 12 dan 24 soatgacha turishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Baykar tomonidan Ukrainada dron ishlab chiqaradigan zavod qurilishi 2022 yilda e’lon qilingan. Turk kompaniyasining Ukrainadagi ishlab chiqarishga kiritgan jami sarmoyasi 95 million dollardan oshadi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr