Turk kompaniyasi Ukrainada “Bayraktar” dronlarini ta’mirlaydi
Olam
−
01 avgust 2023
3610Ukraina Mudofaa vazirligi va Turkiyaning Baykar kompaniyasi Ukrainada "Bayraktar" dronlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha servis markazini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Ukraina mudofaa vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.
“Xizmat ko‘rsatish markazining yaratilishi Ukraina mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga salmoqli hissa bo‘lib, g‘alabamizni yaqinlashtirishga yordam beradi”, deydi Mudofaa vazirligi shtat kotibi Konstantin Vashchenko.
Shuningdek, u markaz “yaqin vaqt ichida” tashkil etilishini qo‘shimcha qilgan.
Ma’lumot uchun, Baykar tomonidan Ukrainada dron ishlab chiqaradigan zavod qurilishi 2022 yilda e’lon qilingan. Turk kompaniyasining Ukrainadagi ishlab chiqarishga kiritgan jami sarmoyasi 95 million dollardan oshadi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Baykar kompaniyasi bosh direktori Haluk Bayrakdor 2025 yilda Ukrainada "Bayraktar TB2" va "Bayraktar Akinji" jangovar uchuvchisiz samolyotlarini ishlab chiqarish boshlanishini aytgandi. Ukraina strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamishin esa Baykar kompaniyasi bilan uchta yangi shartnoma imzolaganini bildirgan.
LiveBarchasi