Ukraina Bayraktar ishlab chiqaruvchisi bilan shartnoma imzoladi
Olam
−
30 aprel 2023
8613Ukraina Turkiyaning Baykar kompaniyasi bilan uchta yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda bugun, 30 aprel kuni Ukraina strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamishin ma’lum qildi.
“Kecha men Turkiyada “TEKNOFEST 2023” aviatsiya texnikasi xalqaro ko‘rgazmasida qatnashdim. Yagona maqsad – Ukraina mudofaa sanoatini mustahkamlash yo‘llarini topish uchun ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazdim. Muhim natija ham bor – Turk ishlab chiqaruvchisi Baykar bilan Ukraina ishlab chiqaruvchilari uchun uchta yangi shartnomaga erishdik. Men sizga tafsilotlarni aytmayman, albatta, lekin sizni ishontirib aytamanki, bu shartnomalar mamlakatimizga eksport daromadi va yangi avlod qurollarini beradi”, deb yozdi u Telegram’dagi kanalida.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning avgust oyida Ukrainada Turkiyaning Bayraktar dronlarini ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlangani aytilgan. Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Vasiliy Bodnarning aytishicha, qurilish bir necha oy davom etadi va 2023 yil oxirigacha ishga tushirilishi mumkin. Biroq joriy yilning 13 yanvar kuni Bodnar urush sabab zavodning dastlabki rejalariga tuzatishlar kiritilganini aytdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr