Ukraina TIV Eron diplomatini “qattiq” ogohlantirdi
Olam
−
09 Sentabr
7267Tehron tomonidan Rossiyaga ballistik raketalar yetkazilgani haqidagi xabarlar ortidan Eronning muvaqqat ishlar bo‘yicha vakili Shahriyor Amuzegar Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi. Bu haqda RBK-Ukraina xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, TIV Amuzegarga Rossiya ballistik raketalarini Eron tomonidan yetkazib berilishi mumkinligi haqidagi xabarlarga chuqur tashvish bildirgan.
“Eron diplomatiga Ukraina Tashqi ishlar vazirligining 7 sentyabrdagi tegishli bayonoti ma’lum qilindi va mamlakatning tajovuzkor davlatga ballistik qurol yetkazib berilishini tasdiqlash Ukraina-Eron ikki tomonlama munosabatining halokatli va tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlariga olib kelishi to‘g‘risida qattiq ogohlantirildi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, oldinroq Eron Tashqi ishlar vazirligi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arb davlatlaridan qo‘shimcha harbiy va moliyaviy yordam jalb qilish uchun Eronga qarshi tashviqot olib borayotganini ma’lum qilgan. Shuningdek, mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nosir Kanani Tehronning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilishda ishtirok etishga tayyorligini tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Rossiyaga 12 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarga yetib borishga qodir 200 dan ortiq Fath-300 ballistik raketalarini yuborgani haqida xabar qilingan edi. Raketa 4 sentyabr kuni kema bilan Kaspiy dengizi orqali yetkazilgan.
LiveBarchasi