Ukraina Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilish uchun “halol mexanizm” tayyorlamoqda
Olam
−
21 iyun 2023
4963Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 500 milliard dollargacha mablag‘ni musodara qilish uchun “halol mexanizm” tayyorlanayotganini e’lon qildi.
Bu haqda u Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tayotgan Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiya (URC-2023)da ma’lum qilgan.
“Biz G‘arbda muzlatilgan Rossiya aktivlaridan 500 milliard dollargacha mablag‘ni musodara qilish imkonini beradigan “halol mexanizm”ni tayyorlamoqdamiz”, deydi u.
Ma’lumot uchun, Yevrokomissiya may oyida Rossiya Federatsiyasining muzlatilgan aktivlarini musodara qilish va ularni Ukrainaga topshirish uchun qonuniy imkoniyatlar mavjudligini e’lon qilgandi.
Ushbu aktivlardan tushgan mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha rasmiy taklif shu yozda kiritilishi rejalashtirilmoqda. Biroq Yevropa Ittifoqi bu aktivlarning barchasidan qonuniy ravishda foydalanib bo‘lmaydi, degan xulosaga kelgan.
Gap Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan 300 milliard dollardan ortiq aktivlaridan taxminan 219 milliard dollari haqida ketmoqda.
Denis Shmigalning fikricha, buning imkoni bor, ammo Bosh vazir aniq asoslarni keltirib bermagan.
Muhsinjon Umurzoqov