Ukraina Rossiyaning qaqshatqich raketa hujumida qancha energiya ob’ektlarini yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
12 Oktabr 2022
11055Rossiyaning joriy yilning 10 oktyabr kuni boshlagan raketa zarbalari natijasida Ukraina energetika infratuzilmasining taxminan 30 foizi zarar ko‘rdi. Bu haqda Ukraina Energetika vaziri German Galushenko CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya urush boshlanganidan beri birinchi marta qat’iyan Ukrainaning energetika infratuzilmasini nishonga olishi.
Hujum ortidan Ukraina Yevropa Ittifoqi va boshqa Yevropa davlatlariga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 10 oktyabr kuni Kiyev, Dnepr va Ukrainaning boshqa bir qator shaharlarini kuchli raketa zarbalariga duchor qildi. Ukraina butun mamlakat bo‘ylab havo ogohlantirishini e’lon qildi. Kiyevda, shuningdek, Ukrainaning boshqa hududlarida, jumladan Dnepr viloyati, Odessa va Xarkovda ertalab bir qator portlashlar sodir bo‘ldi.
Portlash oqibatida oltita avtomobil vayron bo‘lgan, yana 15 tasi zarar ko‘rgan. Mahalliy Telegram kanallari xabariga ko‘ra, portlashlar Ukraina xavfsizlik xizmati ma’muriyati binosi hududida, shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Volodimirska ko‘chasidagi kabinetlaridan birida sodir bo‘lgan. Kiyev metrosida qizil chiziqda poyezdlar harakati to‘xtatildi, barcha yerosti stansiyalari boshpana sifatida ishlaydi.
Hujum ortidan AQSH Jo Bayden Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berilishiga va’da berdi.
Germaniya 11 oktyabr kuni Ukrainaga avval va’da qilingan to‘rtta zamonaviy o‘rta masofaga mo‘ljallangan IRIS-T SLM Infra Red Imaging System Tail havo mudofaa tizimidan birinchisini yetkazib berdi.
LiveBarchasi