Ukraina Rossiyaning eng yirik neft zavodlaridan biriga zarba berdi (video)

Olam

image

Bugun, 6 iyul kuni Ukraina Rossiyaning eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri Omskka zarba berdi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Rossiya Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi huzuridagi Dezinformatsiyaga qarshi kurashish markazi rahbari Andrey Kovalenko buni tasdiqlagan. Kovalenko Omsk neftni qayta ishlash zavodi Rossiyaning eng yirik neftni qayta ishlash korxonalaridan biri ekanini qayd etgan.

“Rossiyaning asosiy neftni qayta ishlash zavodlaridan biri va Ukrainadan uzoqda joylashgan Omsk neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi. U faoliyatini to‘xtatadi”, deydi Kovalenko.

Omsk viloyati gubernatori Vitaliy Xotsenko 6 iyul kuni hududda uchuvchisiz uchish apparatlari xavfi e’lon qilinganini bildirib, keyinchalik viloyat osmonida “dushman”ning uchuvchisiz uchish apparatlari urib tushirilganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim dronlar Omskning shimoliy sanoat hududigacha yetib borgan.

Oradan ko‘p o‘tmay Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ham Omsk neftni qayta ishlash zavodiga zarba berilganini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Ukraina poytaxti Kiyevga raketa va dronlar bilan navbatdagi yirik hujumni amalga oshirgani haqida xabar berilgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘lgan, yana 24 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing