Ukraina Rossiyadan Qrimni qaytarib olmoqchi. G‘arb bunga nima deydi?
Olam
−
28 noyabr 2022
9301Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning Rossiya bosib olgan barcha yerlarini, jumladan, Qrimni ham qaytarib olish maqsadini yana bir bor ta’kidladi. Ukraina jamoatchiligi ham aynan shunday fikrlamoqda. G‘arb esa Ukrainaning bu harakatlarini qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu haqda “The Economist” nashri yozmoqda.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘n kun ichida Ukrainani bosib olishga umid qilgan. Biroq oradan to‘qqiz oy o‘tgach, Rossiya Ukrainaning bosib olingan hududlarini ham nazorat qilishda muammolarga duch kelmoqda.
Ukraina Qurolli kuchlari mamlakat shimoli-sharqida joylashgan Xerson va Xarkovda minimal yo‘qotishlar bilan maksimal g‘alabali qarshi hujumlarni amalga oshirdi. Natijada, jang maydonidagi ustunlik Ukraina tomonga o‘tdi. Bundan ruhlangan Ukraina 2014 yilda Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimni qaytarib olishga harakat qilib ko‘radi.
G‘arb davlatlarining xavotiriga ko‘ra, Ukrainaning Qrimga yurish qilishi Rossiyaning keskin qarorlar chiqarishiga olib kelishi mumkin. Ya’ni Rossiya yadroviy chegarani kesib o‘tadi.
Ukraina havo-desant kuchlarining sobiq qo‘mondoni Mixail Zabrodskiyning ta’kidlashicha, Qurolli kuchlar o‘z rejalarini ijtimoiy tarmoqlar va televideniye orqali e’lon qilganida hech narsaga erisha olmagan bo‘lardi.
General-leytenantning so‘zlariga ko‘ra, Qrimni nafaqat qaytarib olish mumkin, balki bu boradagi rejalar 2023 yilda amalga oshirilishi ham mumkin. Sababi Rossiya uchun Qrimni o‘z nazoratida ushlab turish doim qiyin bo‘lgan.
Avvalroq Vladimir Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi raketa hujumlari uyishtirishga tayyorlanayotganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, Baxmutda ko‘plab ukrain jangchilarining halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi