Ukraina Rossiyadagi nishonlar ro‘yxatini AQSH va Britaniyaga topshirdi

Olam

image

Ukraina AQSH va Buyuk Britaniyaga G‘arbdagi ittifoqchilar tomonidan berilgan uzoq masofali raketalar bilan zarba bermoqchi bo‘lgan Rossiya hududidagi harbiy ob’ektlar ro‘yxatini topshirdi. Bu haqda bugun, 14 sentyabr kuni nomi oshkor etilmagan ikki yevropalik diplomatga tayanib “Euronews” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dastlab Ukraina tomoni harbiy harakatlarda qatnashayotgan Rossiya samolyotlari joylashgan havo bazalariga hujum qilish uchun Amerikaning ATASMS raketalaridan foydalanishni rejalashtirgan. Biroq bunga javoban Pentagon Rossiya o‘z jangovar samolyotlarining 90 foizini AQSHdan Kiyevga yetkazilgan uzoq masofali raketalar chegarasidan tashqariga ko‘chirganini bildirdi.

Bundan tashqari, Ukraina G‘arb raketalaridan Rossiya harbiy qo‘mondonlik punktlari, yoqilg‘i va qurol-yarog‘ omborlari hamda qo‘shinlar to‘plangan hududlarga hujum qilish uchun foydalanishni rejalashtirmoqda. ATASMS'dan tashqari, Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiya hududiga uzoq masofali zarbalar uchun Britaniyaning Storm Shadow va Fransiyaning SCALP raketalaridan foydalanmoqchi.

AQSH Prezidenti Jo Bayden va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer kecha, 13 sentyabr kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng Ukrainaga Rossiya hududiga uzoq masofali zarbalar berishiga oshkora ruxsat bermadi.

Shu bilan birga, ikkala yetakchi ham Rossiya tajovuzkorligini qaytarishda Kiyevni qo‘llab-quvvatlashlarini tasdiqladi va Eron hamda Shimoliy Koreyaning Rossiyaga halokatga olib keluvchi qurollar yetkazib berayotganidan hamda Xitoyning qo‘llab-quvvatlayotganidan chuqur xavotir bildirdi.

“The Guardian” gazetasining yozishicha, Buyuk Britaniya allaqachon Ukrainaga Rossiyaga yetkazib berayotgan Storm Shadow qanotli raketalarini uchirishga ruxsat bergan. Biroq, Qo‘shma Shtatlar bunday ruxsat bermadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov Vashingtonga tashrifi chog‘ida Amerika tomoniga Rossiya hududiga chuqur zarba berish uchun mo‘ljallangan nishonlar ro‘yxatini topshirganini tasdiqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Buyuk Britaniya Ukraina nishonlar ro'yxati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made