Ukraina NATOga a’zolik uchun ariza topshiradi – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning NATOga a’zo bo‘lishi uchun ariza topshirilishini ma’lum qildi. Bu haqda u navbatdagi videomurojaati chog‘ida ma’lum qildi. Zelenskiy Ukraina Oliy Radasi raisi Ruslan Stefanchuk va Bosh vaziri Denis Shmigal bilan tegishli arizani imzolagan. 

“De-fakto, biz allaqachon NATOga yo‘lni bosib o‘tdik. De-fakto, biz allaqachon Alyans standartlariga muvofiqligimizni isbotlaganmiz. Ular Ukraina uchun haqiqiy – jang maydonida ham, o‘zaro munosabatlarimizning barcha jabhalarida ham haqiqiydir.

Biz bir-birimizga ishonamiz, bir-birimizga yordam beramiz va bir-birimizni himoya qilamiz. Bu – Alyans. Bugun Ukraina buni de-yure qilish uchun ariza topshirmoqda. Butun hamjamiyatimizni himoya qilish qiymatiga mos keladigan tartib bilan. Tezkor tarzda”, deb tushuntirgan Zelenskiy.

Davlat rahbari Ukraina NATOga tezlashtirilgan a’zolik bo‘yicha arizani imzolash orqali o‘zining hal qiluvchi qadamini tashlayotganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Putin Ukrainaning Donbass mintaqasidagi tan olinmagan Lugansk va Donetsk xalq respublikalari hamda Xerson va Zaporoje viloyatlarini Rossiyaga qo‘shib olish, anneksiya qilish haqidagi shartnomalarni imzoladi.

Ukrainaning NATOga intilishi

Ukraina allaqachon NATOga a’zo bo‘lish istagini bildirgan. Biroq ittifoqqa a’zo ayrim davlatlar Ukrainaning Yevroatlantika istiqboliga shubha bilan qarashadi. Xususan, 14 fevral kuni Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi masalasi hali kun tartibida emasligini aytdi.

Ukraina hududiga bostirib kirgandan so‘ng, Rossiya rasmiy Kiyevga ultimatum qo‘ydi, u Ukraina NATOga qo‘shilmasligi va armiya sonini kamaytirish kafolatlarini o‘z ichiga olgan.

Madridda o‘tgan NATO yozgi sammitida a’zo davlatlar Ukrainaga keng qamrovli yordam paketini ma’qulladilar va unga Rossiya Federatsiyasi bilan urush g‘alaba bilan yakunlanishigacha yordam berishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Keyin NATO sammitida Ukraina delegatsiyasiga boshchilik qilgan Prezident devoni rahbari o‘rinbosari Igor Jovkva sammit natijalaridan mamnun ekanini aytdi, shuningdek, Kiyev Alyansga qo‘shilish yo‘lida davom etayotganini ta’kidladi.

Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti va Ukrainadagi Milliy demokratik institut o‘tkazgan so‘nggi so‘rovlarga ko‘ra, respondentlarning 79 foizi Ukrainaning 2030 yilgacha NATOga a’zo bo‘lishini xohlaydi. Taqqoslash uchun, may oyida xuddi shu savolga 73 foiz ishtirokchi ijobiy javob bergan. Ukrainaliklarning 69 foizi alyansga qo‘shilishni kutmoqda, may oyida esa bu ko‘rsatkich 65 foiz darajasida edi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

131

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing