Ukraina Qrim va Sevastopolni harbiy yo‘l bilan qaytarish istagidan voz kechadi – Kreml

Olam

image

Rossiya Ukrainadan Qrim va Sevastopolni harbiy yo‘l bilan qaytarish istagidan voz kechishni taklif qiluvchi yozma takliflar oldi. Bu haqda bugun, 29 mart kuni Moskva va Kiyev delegatsiyalarining Istanbuldagi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Rossiya delegatsiyasi rahbari, Prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy jurnalistlarga ma’lum qildi. 

“Bu xavfsizlik kafolatlari Qrim va Sevastopol hududiga taalluqli emas, ya’ni Ukraina Qrimni, Sevastopolni harbiy yo‘l bilan qaytarish istagidan voz kechadi va bu faqat muzokaralar yo‘li bilan mumkinligini e’lon qiladi. Albatta, bu bizning pozitsiyamizga hech qanday mos kelmaydi, lekin Ukraina o‘z yondashuvini shakllantirdi”, deydi Medinskiy. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina takliflari Donbassning “ayrim hududlari”ga ham taalluqli emas.  

“Bu alohida hududlar nima, ularning maydoni nima, Ukraina alohida shakllantiradi. Rossiya buni qanday tushunsa, shunday shakllantiradi”, deydi u.  

Qayd etilishicha, Kiyev takliflari Ukrainani xalqaro huquqiy kafolatlar ostida doimiy betaraf davlat deb e’lon qilishni nazarda tutadi. Ular davlat xavfsizligining kafillari bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini taqdm etadi. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 29 mart kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Dolmabaxche saroyida Rossiya-Ukraina delegatsiyalarining navbatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham ishtirok etdi. Shunisi ahamiyatliki, ushbu uchrashuv 7 mart kuni Brestda o‘tkazilgan muzokaralardan keyingi ilk yuzma-yuz muloqotdir. 

Muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi rahbari sifatida ishtrok etgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy ko‘ra, Ukraina tomoni Moskvaning neytral bo‘lish, yadroviy mamlakatga aylanmaslik, boshqa mamlakatlarning harbiy bazalarini kiritmaslik va qo‘shilmaslik bo‘yicha talabini bajarish yuzasidan yozma hujjat taqdim etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing