Ukraina Dugina qotilligiga aloqadormi? Rasmiy Kiyev tilga kirdi

Olam

image

Ukraina Xavfsizlik va mudofaa kengashi raisi Aleksey Danilov Moskvada jurnalist Darya Duginaning o‘limiga olib kelgan portlashni Ukraina uyushtirgan degan ayblovlarni rad etdi.

Ukraina televideniyesi orqali gapirgan Danilov Moskvaning Duginaning o‘limiga sabab bo‘lgan terakt ortida Kiyev ma’muriyati turgani haqidagi ayblovlariga javob berdi. 

“Biz bunday ishlamaymiz. Bizning yigitlarimiz bajaradigan yanada kuchli vazifalar bor. Bu xonimni portlatish bilan bizning ishimiz yo‘q”, deydi Danilov. 

Xavfsizlik Kengashi raisining urg‘ulashicha, jurnalistni xavfsizlik kuchlarining o‘zi o‘ldirgan.  

“Rossiyada urushni qo‘llab-quvvatlash pasaymoqda. Kremlga jamoatchilik safarbarligi kerak. Federal xavfsizlik xizmati Rossiya shaharlarida qator teraktlar uyushtirishi kutilmoqda. Bu odamga na issig‘imiz bor, na sovug‘imiz... Bu ishni FXX qilgan – endi buni bizdan kimdir qilgandek ko‘rsatishyapti”, deydi u.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy devonxonasi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Kiyevning publitsist Aleksandr Duginning qizi bo‘lgan avtomobil portlashiga aloqadorligini rad etgan edi. Bu haqda u Twitter ijtimoiy tarmog‘ida yozgan. 

“Rossiya propagandasi xayoliy dunyoda yashaydi”, deb yozadi Podolyak. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 avgust kuni rus faylsufi va siyosatchisi Aleksandr Duginning qizi Darya Dugina Toyota Land Cruiser avtomobiliga o‘rnatilgan qo‘lbola portlovchi uchkuna portlashi oqibatida vafot etdi. 

O‘sha kuni Dugina otasi bilan birga Prezidentning Madaniy tashabbuslar jamg‘armasi, Moskva viloyati Madaniyat va turizm vazirligi hamda Odinsovo ma’muriyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “An’ana” vatanparvarlik festivalida qatnashgan. Tadbir tugagandan so‘ng, Dugin va qizi birga ketishi kerak bo‘lgan, biroq ma’lum bir sabablarga ko‘ra, ular boshqa-boshqa mashinalarda yo‘lga chiqqan.

Tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi rahbari Denis Pushilin o‘zining Telegram'dagi sahifasida Darya Duginaning o‘limida Ukrainani ayblab chiqdi. 

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, Darya Duginaning o‘ldirilishini Ukraina maxsus xizmatlari tayyorlagan, ijrochi jinoyatdan keyin Estoniyaga qochib ketgan Ukraina fuqarosi Natalya Vovk. 

Qotillik sodir bo‘lgan kuni Vovk va Shaban "An’anaviy" adabiy va musiqa festivalida bo‘lishdi, u yerda Dugina faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. 21 avgust kuni Dugina boshqaruvidagi Toyota Land Cruiser Prado avtomobilining boshqariladigan portlashidan so‘ng, Vovk va uning qizi Pskov viloyati orqali Estoniyaga jo‘nab ketgan.

Maxfiy xizmatning aniqlik kiritishicha, Duginaning o‘ldirilishini uyushtirish va uning turmush tarzi haqida ma’lumot olish maqsadida Vovk va uning qizi Moskvada marhum yashagan uyda kvartira ijaraga olgan. Jinoyatchilar jurnalistni kuzatish uchun Mini Cooper avtomobilidan foydalangan. Shu bilan birga, Rossiyaga kirishda Donetsk Xalq Respublikasi raqamlari ishlatilgan - E982XN DPR, Moskvada – Qozog‘iston raqamlari 172AJD02 va chiqishda – Ukraina AH7771IP.  

Prezident Vladimir Putin Darya Duginaning oilasiga hamdardlik maktubini yo‘lladi va marhuma jurnalistni "Jasorat" ordeni bilan taqdirladi.


Maqola muallifi

Teglar

Dar'ya Dugina

Baholaganlar

72

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing