Ukraina chegaradagi rus qishloqlariga hujum qilgani aytilmoqda

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyaning Ukraina bilan chegaradagi Belgorod viloyatining Juravlevka va Nexoteyevka qishloqlari bugun, 5 may kuni Ukraina tomonidan hujumga uchragani aytilmoqda. Viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkovning yozishicha, hujum oqibatida uy va garaj vayron bo‘lgan, aholi orasida qurbonlar yo‘q

“Juravlevka va Nexoteyevka Ukraina tomonidan o‘qqa tutilmoqda”, deb yozadi Gladkov. 

Gubernatorning aytishicha, ixtiyoriy xalq otryadlari navbatchi guruhi hisobotiga ko‘ra, Nexoteyevkada uy va garaj vayron qilingan. Gladkov tinch aholi orasida qurbonlar yo‘qligini aytgan.

Viloyat rahbarining ta’kidlashicha, xabar e’lon qilingan vaqtda Moskva vaqti bilan soat 10:12 da qishloqlarni o‘qqa tutish davom etgan. Gladkov vaziyat haqida keyinroq batafsil ma’lumot berishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 1 aprel kuni Rossiyaning Belgorod shahrida neft bazasi yonib ketgandi. Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov yong‘inda neft bazasi ishchilaridan ikki kishi jabrlanganini ma’lum qildi.

25 aprelga o‘tar kechasi Rossiyaning Bryansk shahrida yana bir neft ombori yonib ketdi. Mahalliy aholining aytishicha, portlash ovozi eshitilgan. Bryanskdagi voqea munosabati bilan baza yonayotgan hudud yaqinida yashovchi odamlarni evakuatsiya qilish boshlandi.

27 aprel kuni esa Belgorod viloyatining Staraya Nelidovka qishlog‘i yaqinidagi o‘q-dorilar ombori yonib ketdi. Har uch holatda ham Rossiya rasmiylari Ukrainani aybladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

296

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing