Ukraina AQSHdan Qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishni “yolvormoqda” – “Politico”

Olam

image

Ukraina rasmiylari Rossiya yaqin kelajakda jang maydonida hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmasligi uchun Qo‘shma Shtatlardan ko‘proq qurol yetkazib berishni “yolvormoqda”. Bu haqda “Politico” yozmoqda.

“Politico” sharhlovchisi Lara Seligmanning qayd etishicha, o‘tgan hafta yuqori martabali Ukraina delegatsiyasi Qo‘shma Shtatlarga tashrif buyurgan va Vashingtondan Ukraina Qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishni so‘ragan.

Xususan, Ukraina rasmiylari hozirda jangovar zonada shiddatli janglar ketayotganini va Rossiyaning muvaffaqiyatga erishishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun hamma narsani qilish muhimligini aniq aytishgan.

Jurnalistlarga ko‘ra, Kiyev deyarli har kuni Amerika rasmiylarini qurol-yarog‘ va harbiy texnika yetkazib berish hajmini oshirishga chaqiradi. 

Amerika harbiy departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainada urushi boshlanganidan beri Qo‘shma Shtatlar Ukraina Qurolli kuchlariga 43,9 milliard dollardan ortiq qurol va harbiy texnika topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika ma’muriyati 1 oktyabrda boshlangan yangi moliya yilida xavfsizlik uchun mamlakat byudjetidan deyarli 105 milliard AQSH dollaridan ortiq mablag‘ ajratmoqchiligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya qurol Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing