O‘xshash taqdirlar. Gorbachyov Karimov dafn etilgan kunda qabrga qo‘yiladi

Olam

image

30 avgust kuni vafot etgan SSSRning birinchi va yagona prezidenti Mixail Gorbachyov bilan vidolashuv 3 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda "Exo Moskvi" radiostansiyasining sobiq bosh muharriri Aleksey Venediktov ma’lum qilgan. 

“Mixail Sergeyevich bilan vidolashuv shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Tafsilotlar aniqlanmoqda”, deb yozdi 31 avgust kuni Sovet Ittifoqining birinchi prezidenti bilan yaqin aloqada bo‘lgan Venediktov Telegram-kanalida. 

Gorbachyov Moskvadagi Novodevichiy qabristoniga, turmush o‘rtog‘i yoniga dafn etiladi.

Ma’lumot uchun, 2016 yilning avgust oyi oxirlarida ahvoli og‘irlashib, 2 sentyabr kuni 78 yoshida vafot etgan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ham 3 sentyabr kuni dafn etilgan edi. 

Mixail Gorbachyov 1931 yil 2 martda tug‘ilgan. U 1990 yil 15 martdan 1991 yil 25 dekabrgacha SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti bo‘lgan. Bundan tashqari, u KPSS Markaziy Qo‘mitasining oxirgi Bosh kotibi va SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining raisi lavozimlarida ishlagan.

Gorbachyov 1991 yil 25 dekabrda SSSR prezidenti lavozimidan iste’foga chiqdi, shu bilan birga Sovet Ittifoqi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Gorbachyov jamg‘armasida saqlanadigan mehnat daftarchasida uning davlat rahbari lavozimini tark etgani haqida hech qanday qayd yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Mixail Gorbachyov 30 avgust kuni kechqurun og‘ir va uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etdi


Maqola muallifi

Teglar

Mixail Gorbachyov

Baholaganlar

459

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing