O‘qituvchida koronavirus aniqlansa, uning shaxsi sir saqlanadimi?

Jamiyat

image
O‘zbekistonda oktyabrdan yana karantin kuchaytirilishi mumkinmi? north_east

O‘zbekistonda oktyabrdan yana karantin kuchaytirilishi mumkinmi?

O‘zbekistonda kecha, 14 sentyabrdan 2,6 mingdan ortiq maktabda o‘quv yili an’anaviy tarzda boshlandi. Maktablarning ochilishi birinichi navbatda o‘qituvchilar orasida koronavirus tarqalishi xavfini oshiradi.

O‘qituvchilar koronavirusga chalinsa, ularning shaxsi sir saqlanadimi? Faqat o‘sha o‘qituvchilar izolyatsiya qilinsa, ular bilan aloqada bo‘lganlar nima qilishadi? Bu savollarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov javob berdi.

“Maktab o‘qituvchilari orasida kasallik aniqlanganlar 14 kunga izolyatsiya qilinib muolajalar buyuriladi.

Ular bilan doimiy muloqatda bo‘lgan o‘qituvchilar surishtirish davomida aniqlanib, ular ham uy sharoitida izolyatsiya qilinadi.

Kasallik aniqlangan o‘qituvchilarning shaxsi bilan bog‘liq ma’lumotlar tibbiyot siri xisoblanadi”, deydi Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Ushbu qarorda mamlakatdagi umumta’lim maktablari direktorlari, o‘qituvchilari va boshqa xodimlari joriy yilning 1 oktyabriga qadar grippga qarshi emlanishi nazarda tutilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

o'qituvchi Nurmat Otabekov Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing