Uitkoff ertaga Putinning huzuriga boradi

Olam

image

AQSH Prezidentining maxsus elchisi Stiven Uitkoff ertaga, 2 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Jurnalist Peskovdan: “Uchrashuv kunning birinchi yarmiga rejalashtirilganmi?”, deb so‘ragan. “Yo‘q, ikkinchisiga”, deb javob qaytargan Kreml matbuot kotibi.

“The Telegraph” gazetasining Oq uydagi manbalariga tayanib yozishicha, maxsus elchiga AQSH Prezidentining kuyovi Jared Kushner ham hamroh bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 noyabr kuni Uitkoff va Kushner Ukraina delegatsiyasi bilan uchrashgandi. Delegatsiyaga Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustam Umarov rahbarlik qilgan. Amerikadan esa uchrashuvda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio ham ishtirok etgan. Rossiya–Ukraina mojarosini tartibga solish rejasining tafsilotlari Uitkoffning Shell Bay golf-klubida muhokama qilingan.

“Axios” nashri Uitkoff va Kushnerning AQSHning 28 banddan iborat birinchi tinchlik rejasi loyihasini tayyorlashda ishtirok etganini yozdi. Ushbu loyiha joriy yilning 23 noyabr kuni Jenevada AQSH va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida muhokama qilingan.

27 noyabr kuni Vladimir Putin jangovar harakatlar faqat Ukraina qo‘shinlari DNR va LNRdagi egallab turgan hududlardan chiqib ketganidan keyingina to‘xtashini aytdi. U, shuningdek, AQSHning dastlabki tinchlik rejasi kelishuv uchun asos bo‘lishi mumkinligini, biroq “hammasini diplomatik tilda ifodalash kerakligini” qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Rustam Umarov Stiven Uitkoff

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing