Uill Smitga 10 yil davomida “Oskar” taqdimotida qatnashish taqiqlandi

Madaniyat-san’at

image

Amerika Kino san’ati va fanlari akademiyasi (AMPAS) aktyor Uill Smitga “Oskar” mukofotini topshirish marosimida qatnashishni o‘n yilga taqiqladi.  

“Kengash 2022 yilning 8 aprelidan boshlab 10 yil davomida janob Smitga Akademiyaning biron bir tadbiri yoki dasturida shaxsan yoki virtual ishtirok etishiga ruxsat berilmasligini belgiladi”, deyilgan AMPAS prezidenti Devid Rubinning bayonotida. 

Ushbu qarorga Smit o‘z munosabatini bildirdi. 

“Men Kinoakademiya qarorini qabul qilaman va hurmat qilaman”, degan Uill Smit. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 mart kuni “Oskar” mukofotini topshirish marosimida “Eng yaxshi hujjatli film” nominatsiyasi g‘olibi aniqlanishidan oldin shov-shuvli voqea sodir bo‘ldi. Boshlovchi Kris Rok alopetsiyadan aziyat chekadigan Smitning rafiqasi, aktrisa Jada Pinkett-Smitning kal boshi ustidan kuldi. So‘ng Smit sahnaga chiqib, Rokga tarsaki tushirdi.  

Marosimdan keyin o‘z harakati muhokamalarga sabab bo‘lgach, Uill Smit Kino san’ati va fanlari akademiyasidan iste’foga chiqqanini ma’lum qilgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Smit “Qirol Richard” dramasidagi roli uchun “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida “Oskar”ni qo‘lga kiritdi. Aktyor uchun bu “Oskar”dagi uchinchi nominatsiyasi va birinchi g‘alabadir. Filmda u mashhur amerikalik tennischilarning otasi va murabbiyi Richard Uilyams rolini o‘ynagan.


Maqola muallifi

Teglar

Oskar Uill Smit

Baholaganlar

331

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing